Qadim Xivada - xalkaro raks festivali!

2017 yil 7-8-9 sentyabrь kunlari Xiva shahri Ichon-Kal’a davlat muzey kurikxonasi xududida bo‘lib o‘tadigan“Raqs sehri” festivaliga barcha yurtdoshlarimizni taklif kilamiz!

Kadim Xorazm afsonalarida aytilishicha Yaratgan inson tanasiga jonni musika yordamida jo kilgan ekan. Shundan bulsa kerak xamisha sehrli oxang ta’sirida inson ko‘ngli va uning quvonch, muhabbat, mehribonlik va vafodorlik kabi tuyg‘ulari jonlanadi. Bu tuyg‘ular Sharq raqslarida o‘z aksini topgan bo‘lib, plastika, mimika va jozibador harakatlar yordamida inson ko‘nglining ichki kechirmalari, xissiyot va tuyg‘ularini hamda ehtiroslarini ifodalaydi.

Ushbu go‘zallik mahsulini tarannum etuvchi “Raqs sehri” festivali Diyorimizning sehrli shahri bo‘lmish – Xivada shahrida afsonaviy “Ichan qal’a” majmuasida bo‘lib o‘tadi.

Xiva – bu ochiq osmon ostidagi muzey-shahar, jahon madaniyati durdonalaridan biridir. Xivada bo‘lib qolgan har bir inson, o‘zini xuddi 1001 kecha ertagiga tushib qolgandek xis qiladi.

Mazkur xissiyotlarni tuyishda o‘tkazilajak “Raqs sehri” festivali shubhasiz yordam beradi.

Festival doirasida dunyoning raqs jamoalari katori mamlakatimiz ashula va raks jamoalari xam o‘z mahoratini o‘z xalqining san’ati janrlari, uslublari va o‘ziga xosliklarini namoyon etgan holda katnashishadi.

Festival doirasida:

Master klasslar, ijodiy uchrashuvlar;

Badiiy va xavaskor jamoalarning chiqishlari, teatrlashgan tomoshalar;

Qo‘g‘irchoq teatrlarining chiqishlari;

Milliy libosar namoyishi;

Milliy taomlar festivali;

O‘zbek milliy nonlarining yopish jarayoni va master klasslar

“O‘zbekistonning raqs san’ati tarixi” foto-ko‘rgazmasi;

ART-bozor;

Hunarmandlar ko‘rgazmasi va master klasslar

Kitoblar ko‘rgazmasi

Milliy o‘yinlar (qo‘chkorlar urushi va milliy kurash musobaqalari)

Animatsion shoular

Gala-kontsert