Tasviriy san’at” ko‘rgazmasi

29 – noyabr  2017 yil Xiva Ichan – Qal’a davlat muzey qo‘riqxonasi ilmiy xodimi Xudarganova Nazokat  Xiva shahar 55 sonli ixtisoslashgan maktab ukuvchilariga «Kutlug Murod inok madrasasi   “Tasviriy san’at”  bo‘limida “Rafaelь Davletshin xayoti  va uning kartinalari» mavzusida ochiq dars o‘tkazdi. Vatanimiz mustaqillikka erishgandan keyin jamiyatimiz tarixiga va o‘tmish madaniyatimizga bo‘lgan qiziqish, ma’naviy ehtiyoj uni chuqur va mufassal o‘rganishni taqoza etdi. Qadimgi davrlardan to hozirgi kungacha bo‘lgan boy tariximizni haqqoniy yoritishga katta imkoniyat bergan milliy mustaqilligimiz tufayli so‘ngi yillarda ulkan ishlar amalga oshirildi. Respublikamiz birinchi Prezidenti I.A.Karimovning - «XXΙ asrda dunyoni ma’rifat qutqaradi» - degan so‘zlariga amal qilib, muzey ekspozitsiyalari ham mamlakatimiz tarixi, madaniyati va san’atining naqadar qadimgi, ulug‘vorligini ko‘rsata bilish maqsadimizdir.

“Tasviriy san’at” doimiy ko‘rgazmasida xorazmlik rassomlar, Mustaqillik sharofati bilan qayta tiklangan miniatyuralar chizuvchi  ijodkorlarning ishlari namoyishga qo‘yilgan. Ekspozitsiyada asosan rang tasvir yo‘nalishi bo‘yicha  buyumlar ko‘rsatilgan.

“Tasviriy san’at” doimiy ko‘rgazmasini yanada takomillashtirish, uni  xalkning maьnaviy-axlokiy kamoloti taraqqiyotida tutgan o‘rnini oshirish, muzey qo‘riqxona fondida  saqlanib kelayotgan  xalqimizning boy  tarixini  aks  ettiruvchi, nodir  eksponatlarni,  tarixiy meьmoriy  obidani  avaylab  asrash,  o‘rganish  va  targ‘ib  qilish, Xorazm rassomchilik, miniatyura san’ati namunalari orqali  xalqimiz  ongida  milliy  g‘urur  va  iftixor,  istiqlol  va  Vatanga  sadoqat  tuyg‘ularini  kuchaytirish  yo‘lida  keng  foydalanilmokda.

        «Xorazm tasviriy san’ati» doimiy ko‘rgazmasida o‘zbek  xalqining boy  madaniy  merosi, uning insoniyat tarixidagi o‘rni, taraqqiyot  bosqichlarini  xaqqoniy  aks  ettirish.

Davletshin Rafael  Ibragimovich 1949 – 2008 yy  Xivalik rassom syurrealist  syurrealizm – XX asr boshida Frantsiyada  yangi paydo bulgan san’atning etakchi yunalishidir. Rafaelь uz kartinalarida xali anglab ulgurilmagan tushinchalarni aks ettirib, mavjud bulgan va xayoldagi narsalarni garoyib bir tarzda uygunlashtirib tasvirlagan. 30 dan ziyod kartinalar yaratgan. «Xorazm tasviriy san’ati» doimiy ko‘rgazmasidagi  nodir asarlar orqali  xalqimiz,  kelajak  avlod  ongida  umumbashariy  qadriyatlarga,  qadimiy  milliy  madaniy  merosimizga  hurmat-ehtirom,  Vatanimizning  buyuk  kelajagiga  komil  ishonch  tuyg‘ularini yoshlarda tarbiyalashdan iboratdir.