Xiva dunyoning eng go‘zal shaharlari ro‘yxatidan joy oldi
So‘nggi kunlarda g‘arbiy Evropaning turli bosma va elektron nashrlarida yurtimiz sayyohlik imkoniyatlari, tarixiy shaharlari haqida bir qator maqolalar chop etila boshladi.
O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining xabar berishicha, 5-fevralь kuni Buyuk Britaniyaning etakchi nashrlaridan biri "The Telegraph" o‘zining saytida «Har bir inson hayoti davomida ko‘rishi kerak bo‘lgan 35 shahar» nomli maqola chop etdi.
Maqolada Buyuk ipak yo‘li bo‘ylab joylashgan qadimgi shaharlar bilan birga Afrika, Evropa, Janubiy va Shimoliy Amerikaning eng go‘zal shaharlar orasidan 35tasi saralab olingan.
Maqolada har bir shahar haqida mashhur yozuvchi va sayyohlar tomonidan berilgan ta’rifu tavsif ilova qilingan.
Ro‘yxatga yurtimizning Xiva shahri kiritilgan bo‘lib, "The Telegraph" gazetasi muxbiri, sayyoh Kris Moss tavsiyasiga asoslanadi.
The Telegraph gazetasining maqolasidan o‘rin olgan 35 shahar qatorida Parij, Isfaxon, Sankt-Peterburg, Rio-de-Janeyro, Venetsiya, Edinburg, Havana ham joy olgan.
Ma’lumot uchun, The Telegraph gazetasi 1855 yilda Londonda tashkil etilgan. 2016 yilning dekabrь oyi holatiga ko‘ra, gazeta 460 054 nusxada chop etilgan, barcha platformalar orqali esa uning materiallarini 4 million o‘quvchi kuzatib boradi.

Makola Kun.uz (http://kun.uz/news/2017/02/11/hiva-sari-dunening-eng-guzal-saarlari-rujhatidan-zoj-oldi) saytidan olindi.